"Atletiko" yana bir xaridni amalga oshirdi, ammo futbolchi keyingi yili jamoaga keladi

Alisher
5 iyun 2019, 18:45
Madridning "Atletiko" jamoasi yangi hujumchi xarid qildi.

"Matraschilar" Meksikaning "Atletiko San-Luis" jamoasi hujumchisi Nikolas Ibanesni xarid qildi. Ammo 24 yoshli argentinalik futbolchi "San-Luis"ga qayta ijaraga berildi va u 2020 yil yanvargacha ijara maqomida to'p tepadi.

Ibanes 2018 yil yanvarda "La Plata" jamoasidan kelib qo'shilgan va shundan buyon 47ta o'yinda 28ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe