"Atletiko" Simeonega yangi shartnoma taklif qiladi

Sherzod Nurmatov
19 sen 2023, 19:10
"Matraschilar" mutaxassisga ishonadi.

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonega yangi shartnoma taklif etadi. Bu haqda "El Chiringuito" xabar bermoqda.

Argentinalik mutaxassisning klub bilan amaldagi bitimi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. "Matraschilar" oktyabr oyida mutaxassis bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.

Simeone "Atletiko"ni 2011 yildan beri boshqarib kelyapti. "Matraschilar" mavsum boshida 4 ta uchrashuvda 7 ochko jamg'arib, La Liga turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito