"Atletiko" Simeonega 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi. Murabbiy inqiroz sabab maoshining kamayishga tayyor

Alisher
19 yanv 2021, 17:15
"Atletiko" jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bilan bitimni uzaytirmoqchi.

Madrid klubi mutaxassisga bitimni 2024 yilga qadar uzaytirishni xohlayotgani haqida xabar qildi. Klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan mutaxassis yangi bitim imzolashga tayyor.

Simeone soliqlarga qadar 32 million evro maosh oladi va dunyodagi eng katta maosh oluvchi murabbiy sanaladi. Ammo, u koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz paytida maoshining tushishiga tayyor.

Murabbiyning agenti va opasi Nataliya Simeone tez orada klub bilan mutaxassisning yangi shartnomasi borasida muzokaralar olib boradi.

Argentinalik "Atletiko"ni 2011 yildan beri boshqaradi. Klub uning qo'l ostida La Liga, Kubog va Ispaniya Superkubogi, shuningdek ikki bor Yevropa Ligasi g'olibi, UEFA Superkubogining ikki karra sohibi va CHLning ikki karra finalchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As