"Atletiko" Sanchesni qo'lga kiritish uchun "Barselona"ga Mirandani berishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
18 iyun 2014, 21:30
"Atletiko" o'z tarkibini "Barselona" futbolchisi Aleksis Sanches hisobiga kuchaytirmoqchi.
Buning uchun madridliklar markaziy himoyachi Joao Mirandani kataloniyaliklar safiga qo'yib yuborishga rozilar. Himoyachini "Barsa"ning yangi murabbiyi Luis Enrike jamoa safida ko'rish istagini bildirgan edi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, ikkala futbolchining transfer narxlari taxminan 30 million evroni tashkil etadi. Shu sababli, ushbu transfer amalga oshish ehtimoli yo'q emas.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net