"Atletiko" Rodri ketgan taqdirda PSJ futbolchisini olib keladi

Alisher
22 may 2019, 16:43
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo "Atletiko" qiziqishlari doirasida.

24 yoshli francuz agar Rodri Ernandes jamoadan ketgan taqdirda madridliklar uchun eng yaxshi variant bo'ladi.

"Manchester Siti" 22 yoshli ispaniyalik uchun 70 million evro to'lashga tayyor, ammo "matraschilar" uni qo'yib yuborishmoqchi emas. Diego Simeone ham Rodriga ishonishini ta'kidlab o'tgan.

Rabo mavsum yakunlaganidan so'ng PSJ ni erkin agent maqomida tark etadi. Oldinroq, "Barselona" uni sotib olish uchun yaqin kelgan edi. Bundan tashqari, unga "Manchester Yunayted" va "Yuventus" jamoalari ham qiziqmoqda.

"Atletiko" Rabo variantiga "Real" Markos Lorente uchun 50 million evro talab qilganidan so'ng kelgan.

Rabo dekabrda PSJ ning shartnomani uzaytirish bo'yicha taklifiga rad javobini bergandan so'ng tarkibdan ham chetlashtirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS