"Atletiko" "Real" yarim himoyachisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019, 17:12
"Real" yarim himoyachisi Markos Lorente joriy mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning boshqa klubi - "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Lorente yozda klubni tark etishi kutilayotgan Rodrigo Ernandes o'rnini egallashi mumkin. "Matraschilar" futbolchi agentlari bilan uchrashuv borasida kelishib olishdi.

Lorente "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yilda asosiy jamoada debyut qildi. Joriy mavsum Markos LaLiganing 6ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS