"Atletiko" rahbariyati UEFA Superkubogidagi g'alaba uchun futbolchilarga uzuk sovg'a qildi (+FOTO)
Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 14:02
15 avgust kuni "Atletiko" hamda "Real" o'rtasida UEFA Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tdi.
Uchrashuv 4:2 hisobida "matraschilar" g'alabasi bilan yakunlandi.
"Atletiko" rahbariyati UEFA Superkubogi g'oliblarini ajoyib sovg'alar bilan taqdirladi. Chempionlarga klub logosi tushurilgan maxsus uzuk taqdim etildi.