"Atletiko" prezidenti: "Grizmann "Barselona"ga? U tarixga kirmaydi"

Mirjalol Normatov
17 may 2018
"Atletiko" egasi Migel Anxel Marin hujumchi Antuan Grizmanning 100 mln evro evaziga "Barselona"ga o'tishi borasidagi xabarlarni muhokama qildi.

"Bu savolga Grizmann javob berishi kerak aslida. Uning oldida tanlash imkoniyat bor. U "Atletiko"da qolishi ham, "Barselona"ga o'tib kyetishi ham mumkin. Agarda u boshqa jamoaga o'tsa, tarixga kiradigan futbolchi bo'lmaydi", - dedi prezident.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca