"Atletiko" prezidenti: "CHL 2018/19 finali bizning stadionda o'tadi, jamoamiz unda ishtirok etmoqchi"

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018, 20:50
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.

"CHL 2018/19 finali bizning stadionimizda o'tkaziladi va jamoamiz unda ishtirok etishni niyat qilgan. Har bir jamoaning o'z tizimi bor va biz uchun Grizmann - klubning asosi, shu sababli uni olib qolish uchun bor kuchimizni ishga soldik" - deydi Sereso.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining 2018/19 mavsumdagi finali 2019 yil 1 iyun kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As