"Atletiko" prezidenti: "Bu klub tarixidagi eng yaxshi 10 yillik"

Alisher
26 dek 2020, 11:00
Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso jamoaning hozirgi formasidan xursand ekanligini aytdi.

"Biz klub tarixidagi eng yaxshi 10 yillikdan rohat olmoqdamiz va uni o'tkazmoqdamiz. Simeone - klub afsonasi. Biz hammamiz u bilan faxrlanamiz.

Chempionlar Ligasi chorak finaliga yo'l olish uchun barcha ishni qilamiz, ammo bu qiyin bo'ladi. "Chelsi" - ajoyib tarkibga ega kuchli raqib", - deydi Sereso.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" ayni damda Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS