"Atletiko" Partiga o'rinbosar topdi

Omonjon To`xtamirzayev
8 okt 2020
"Atletiko" rahbariyati jamoaga "Valensiya" yarim himoyachisi Joffre Kondogbiyani taklif etmoqchi.

"Matraschilar" fransiyalik o'yinchiga Londonning "Arsenal" klubiga 50 million evro evaziga o'tgan xavbek Tomas Partiga o'rinbosar sifatida qaramoqda.

Qayd etish kerakki, "Atletiko" "Valensiya"da moliyaviy muammolar yuz berayotgan bir paytda klub bilan kelishuvga erishish oson deb hisoblamoqda.

Oldinroq, "Valensiya" Kondogbiyaga "Uotford" xavbeki Etenn Kapuni o'rinbosar sifatida ko'rayotganligi ma'lum bo'lgan edi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal