"Atletiko" kuchayishda davom etadi. Klub yana bir transferga qo'l urdi

Alisher
18 iyul 2019, 17:05
Madridning "Atletiko" klubi "Espanol" himoyachisi Mario Ermosoning transferini e'lon qildi.

Bu haqda Madrid klubining rasmiy "Twitter" sahifasi xabar bermoqda. "Atletiko" va Mario Ermoso 2024 yilgacha, yani 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ermoso "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi faoliyati davomida "Valyadolid" klubida ham to'p surgan.

Himoyachi "matraschilar"ga qadar 2017-2019 yillar davomida "Espanol" sharafini himoya qilgan.

Futbolchi 2018 yildan e'tiboran Ispaniya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/atleti