“Atletiko” klub antirekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2020
Bugun, La Liga doirasida “Atletiko” uyda “Legenas” bilan nursiz durang (0:0) o'ynadi.

 Diego Simeone shogirdlari chempionatning 21 turidan so'ng 22ta gol urishdi va klubning eng yomon natijasini takrorladi. Avvalroq, bu kabi holat 1979/80, 1981/82 va 2004/05 mavsumlarda kuzatilgan edi.

“Matraschilar” hozirda musobaqa jadvalida 36 ochko to'plagan holda 4-o'rinda borishmoqda. Ma'lumot o'rnida, madridliklar qatorasiga to'rt uchrashuvdan buyon g'alaba nimaligini bilishmayapti. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta