

Agar Madrid klubi Kavani transferini amalga oshira olmasa, Karraskoni Yevropaga qaytarishga harakat qiladi.
Karrasko anchadan beri Yevropaga qaytish niyatida. Futbolchi "Dalyan Ifan" bilan shartnomasi borligi sabab Xitoydan keta olmayapti. Bundan tashqari, koronavirus tufayli chempionat ham noma'lum muddatga qoldirildi.
Karrasko esa Xitoyda o'ynasa ham Belgiya terma jamoasidan chaqiruv olishda davom etmoqda. U aynan 2015-2018 yillar davomida "Atletiko"dagi o'yinlari bilan ko'pchilikka ma'lum.




