"Atletiko" ijaraga berib yuborgan futbolchisini "Chelsi"ga sotmadi

Оқил Абдубарноев
19 iyun 2024, 01:39
"Chelsi" Samu Omorodionni sotib olishga urinib ko'rdi.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "aristokratlar" 20 yoshli hujumchi uchun rasmiy taklif bilan chiqishgan, ammo rad etilgan.

Londonliklar ispaniyalik futbolchini taxminan 30 million evro va qo'shimcha 10 million bonuslar evaziga sotib olmoqchi edi.

"Chelsi" Omorodionni sotib olish fikridan voz kechmayapti, shuningdek, "Aston Villa"dan Jon Dyuranni sotib olish imkoniyatini ham ko'rib chiqmoqda.

"Atletiko" yakunlangan mavsumni "Alaves"da o'tkazgan va u yerda eng yaxshi to'purarga aylangan hujumchini saqlab qolmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano