"Atletiko" hujumchisi "Verona"ga o'tadi

Alisher
5 okt 2020
"Atletiko" hujumchi Nikola Kalinichni "Verona"ga sotadi.

32 yoshli xorvatiyalik futbolchi "sariq-ko'klar"ning taklifini qabul qildi, sababi ushbu klubni uning hamyurti Ivan Yurich boshqarib boradi.

Oldinroq, transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli bo'lgan futbolchiga "Lokomotiv", "Torino" va "Beshiktosh" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Forvard o'tgan mavsumni ijara asosida "Roma"da o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira