"Atletiko" himoyachisi Sikeyra ijara asosida "Nyukasl"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2016, 14:16
"Atletiko" himoyachisi Gilerme Sikeyra ijara asosida "Nyukasl"ga o'tishga yaqin.

Sikeyra o'tgan mavsumda "matraschilar"ning asosiy tarkib futbolchisi edi, ammo Luis Felipening "Chelsi"dan qaytganidan so'ng futbolchi zaxirada qoldi. Gilermening "Atletiko" bilan shartnomasi 2018 yilagcha belgilangan.

Madrid klubi va "Nyukasl" o'rtasidagi ijara kelishuvi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Ispaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports