"Atletiko" Grizmanning xaridiga pul to'plash uchun Lemarni sotishi mumkin

Alisher
14 sen 2021, 11:11
Madridning "Atletiko" klubi kelasi yozda "Barselona" forvardi Antuan Grizmanning xaridiga mablag' topish uchun yarim himoyachi Toma Lemarni sotishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" yaqinda Grizmanni "Barselona"dan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ijaraga olgan edi.

Ijara bitimida forvardni xarid qilish majburiyati yozilgan. Bu uchun "Atletiko" kelasi yozda 25 yoshli Lemar bilan xayrlashishi mumkin.

Lemar 2020/21 yilgi mavsum "Atletiko" tarkibida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todo Fichajes