"Atletiko" Grizmanning tovon pulini ko'tarmoqchi

Mirjalol Normatov
29 mar 2018, 17:50
"Atletiko" rahbariyati hujumchi Antuan Grizmann bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

Ayni damdagi shartnomaga ko'ra, yozda boshqa jamoalar futbolchini 100 mln evroga sotib olishi mumkin. "Atletiko" esa yangi shartnoma orqali uning tovon pulini 200-300 mln evro qilib olmoqchi.

Grizmann "Atletiko" tarkibiga 2014 yilda "Real Sosedad"dan kelib qo'shilgan. Agarda madridliklar futbolchini boshqa klubga sotsa, transfyerdan tushgan 20 foiz mablag'ni San Sebastyan jamoasiga taqdim etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es