“Atletiko” Grizmannga yiliga 10 million evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
9 apr 2017, 23:19
“Atletiko” rahbariyati hujumchi Antuan Grizmanni jamoada saqlab qolmoqchi.

As nashri bergan ma'lumotga ko'ra, madridliklar hujumchining yangi shartnomasi borasida muzokaralarni boshlashdi.

Agar tomonlar kelisha olishsa, Grizmanning yillik maoshi 7 milliondan 10 million evroga oshishi mumkin. Shuningdek, futbolchining transfer qiymati ham oshishi yangi shartnomada belgilab beriladi.

“Atletiko” hujumchi bilan shartnomani 2021 yilgacha qadar uzaytirmoqchi.

Futbolchi bilan “Real” va “MYU” ham jiddiy qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As