"Atletiko" Diego Kostaga Ispaniyadan o'rinbosar topdi (Fabricio Romano)

Alisher
5 yanv 2021
Hujumchi "matraschilar"ning yangi transfer maqsadi.

"Real Sosedad" forvardi Villian Joze "Atletiko" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda. 29 yoshli braziliyalik futbolchi klubdan ketgan Diego Kostaga o'rinbosar bo'ladi.

"Atletiko" dastlab "Napoli" forvardi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolashni xohlagan edi. Ammo ispanlarni neapolliklarning moliyaviy talablari qanoatlantirmadi. Endi ular Joze uchun kurashga kirishishdi.

Villian Joze joriy mavsum barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano