"Atletiko" Diego Kosta borasida ilk taklifni tayyorlamoqda

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2017, 16:10
"Atletiko" rahbariyati "Chelsi" hujumchisi Diego Kostani sotib olish maqsadida ilk taklifni tayyorlamoqda.

London klubi Ispaniya terma jamoasi forvardi sotuvidan 40 mln. evro ishlab olmoqchi, biroq ispan klubi 22 mln. funtdan biroz ko'proq mablag' taklif qilishga tayyor.

Oldinroq, "Tyanczin Cyuanczyan" klubi hujumchi uchun 86,5 mln. evro taklif qilgan edi, ammo futbolchi taklifni rad etdi. Futbolchining o'zi "Atletiko"ga qaytish niyatida. 28 yoshli Diego Kosta va "Chelsi" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph