"Atletiko" darvozaboni APL klubiga o'tdi

Alisher
26 yanv 2024
"Atletiko" darvozaboni Ivo Grbich "Sheffild Yunayted" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda Angliya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. 28 yoshli xorvat "Sheffild" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Grbich 2020 yildan beri "Atletiko"da o'ynayotgandi. U madridliklar safida 14ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 14ta to'p olib chiqdi va 4ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

Transfermarkt portali darvozabonni 3,5 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SheffieldUnited