Atletiko – Barselona. Madrid klubi mehmon muxlislariga chipta sotmaydi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2017, 07:56
Atletiko Barselonaga qarshi o'yinda muxlislar sektori uchun chipta sotmaydigan bo'ldi.

Madrid klubi bu holatni yangi Vanda Metropolitano stadionidagi o'tish yo'llarida muammolar borligi bilan tushuntirdi.

Yakshanba kuni Kataloniyada referendum bo'lib o'tdi, unda ko'plab insonlar Ispaniyadan ajralib chiqish uchun ovoz berishdi. Yaqin vaqt ichida Kataloniya Ispaniya tarkibidan chiqqanini e'lon qilishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com