"Atletiko" "Ayaks" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
14 may 2020, 14:27
"Atletiko" "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko uchun kurashga qo'shildi.

Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda. "Ayaks"ning o'zi ham yozgi transferlar oynasida argentinalik futbolchisi bilan xayrlashishga qarshi emas.

"Atletiko"ning chap qanot himoyasida faqatgina Renan Lodi bor edi. Ammo, u yaqinda koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi.

Talyafikoning xizmatlariga "Chelsi", PSJ va "Barselona" klublari ham qiziqmoqda. Talyafikoning taxminiy bahosi 20 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com