“Atletiko” “Arsenal” himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2022, 10:00
“To'pchilar” a'zosi Ektor Belerin faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin.

Madridliklar qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Belerinning variantini ko'rib chiqishmoqda. 

“Arsenal” futbolchining transferidan 20 mln evro ishlab olmoqchi. Ektorning klub bilan amaldagi kelishuvi 2023 yil iyuniga qadar amal qiladi.

27 yoshli fulbek o'tgan mavsum ijara asosida “Betis”da o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS