"Atletiko" "Arsenal" futbolchisini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi

Alisher
21 sen 2020, 11:00
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

"Atletiko" "to'pchilar" bilan 24 yoshli o'yinchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Torreyraning o'zi ham "Arsenal"dan ketishni rejalashtirmoqda. "Arsenal" madridliklar yarim himoyachisi Tomas Parti yoki "Lion" xavbeki Ussem Auarni olish uchun bir yo'la urugvaylikni sotib yubormoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" shuningdek "Barselona" hujumchisi Luis Suaresni ham o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Ammo jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, "Atleti" yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashi uchun oldin futbolchi sotishi kerak.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano