"Atletiko" APL chempionini qaytarish uchun 30 million evro berishga tayyor

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2017, 20:16
"Atletiko" (Madrid) "Chelsi" (London) klubining ispaniyalik hujumchisi Diego Kostani qaytarish uchun 30 million evro sarflashga tayyor.

Bu haqda "The Mirror" ma'lumot tarqatdi. Eslatib o'tamiz, "ko'klar" ustozi Antonio Konte o'yinchini o'z jamoasida ko'rmayapti. Bunday holatda futbolchining o'zi "Atletiko"dan boshqa klubga o'tmoqchi emas. Tomonlarni bir necha bosqichdan iborat muzokaralar kutmoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Mirror