
Bu "matraschilar"ning 1959 yildan so'ng "Qirollik klubi" ustidan qozongan ilk g'alabasi.
1959 yil 7 may kuni "ATletiko" Yevropa chempionlari kubogida "Real"ni uyida 1:0 hisobida mag'lub etdi - yagona gol Enrike Kolyar hisobiga yozildi. Javob uchrashuvida "qaymoqranglilar" g'alaba qozonib - finalda "Reyms"ni mag'lub etishdi.
Chempionlar ligasining joriy mavsumi ilk yarim final uchrashuvida "Real" Ronalduning xet-trigi tufayli 3:0 hisobida zafar quchgan edi. Shunday qilib, "Qirollik klubi" finalda "Yuventus" bilan bellashadi.