"Atalanta" ukrainalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
24 dek 2020, 14:05
"Shaxtyor" (Doneck) va Ukraina terma jamoasi xavbeki Viktor Kovalenko faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

24 yoshli futbolchining xizmatlariga "Atalanta" klubi qiziqish bildirmoqda. Kovalenko Bergamo bilan klubi bilan ilk shartnomani imzolashga ham ulgurgan.

Kovalenko "Shaxtyor"da 2015 yildan beri o'ynaydi. Uning Doneck klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020/21 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan.

Yarim himoyachi joriy mavsum Ukraina chempionati doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/brunoandrd