"Atalanta" Malinovskini sotishi mumkin

Alisher
15 avg 2020, 10:44
"Atalanta" tarkibni kuchaytirish uchun tez orada yarim himoyachi Ruslan Malinovskini sotishi mumkin.

Bergamo klubi tarkibni kuchaytirmoqchi va buni uchun mablag' talab etiladi. Italiya klubi 27 yoshli o'yinchining transferidan 25-30 million evro ishlab olmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Atalanta" Tayson va Manor Solomon kabi o'yinchilarga qiziqmoqda.

Malinovski joriy mavsum 44ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb