"Aston Villa"ning o'z maydonidagi g'alabali seriyasi yakunlandi, jamoa fevral oyidan beri yutib kelayotgandi

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2023, 10:08
"Aston Villa" fevral oyidan beri ilk bor APL uchrashuvida g'alaba qozona olmadi.

Jamoa APLning 18-turida "Sheffild Yunayted" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Shu tariqa, "Villa"ning o'z maydonidagi 15 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi. 

Unai Emeri jamoasi APLda so'nggi bor 18 fevral kuni "Arsenal" bilan o'yinda ochko yo'qotgandi (2:4). 

Ayni paytda "Aston Villa" APLda 38 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. 1-pog'onadagi "Arsenal"da ham shuncha ochko bor. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta