"Aston Villa" Trezegeni o'z safiga qo'shib olishga yaqin

23 iyul 2019, 20:10
APL debyutanti "Aston Villa" misrlik vinger Mahmud Trezege bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Bu haqda Daily Star nashri ma'lumot berdi. Manbaga ko'ra, ayni paytda 24 yoshli futbolchini sotib olish ishlarining so'nggi bosqichi amalga oshirilmoqda. 

O'tgan mavsum Turkiya oliy ligasi vakili "Qosimposho" klubida harakat qilgan Trezege 34 o'yinda 9tadan gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com