

"Tulkilar" 24 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, lekin buning uchun qoniqarli taklif bo'lishi lozim. "Kristal Pelas"ning 9 million funtlik taklifi amalga oshmadi.
Shuningdek, Jeffga "Vest Bromvich" ham qiziqqan. "The Guardian"ning ma'lum qilishicha, endi kurashga "Aston Villa" ham qo'shilgan. "Lester" Shlupp uchun 12 million funt so'ramoqda.
Eslatib o'tamiz, bu mavsum Shlupp to'qqizta o'yin o'tkazdi.



