"Aston Villa" PSJ futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
4 mar 2022, 12:00
"Aston Villa" PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga qiziqmoqda.

31 yoshli niderlandiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin. "Aston Villa" futbolchi uchun da'vogarlar orasida bor.

Veynaldum PSJda 2021 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsum parijliklar tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: birminghammail.co.uk