Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..."

Administrator
14 may 2025, 20:36
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Olimpik" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirdi.

"Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchilarni jalb qildik. Lekin ular 2 kun oldin o'z chempionatida o'yin o'tkazgan edi. Aksariyat o'yinchilar hali tiklanib olmagani sezildi. Birinchi bo'limda o'yinga kirishib ketishga qiynalishdi. Hisobda ortda qola boshladik. Ikkinchi bo'limda ayrim asosiy tarkib futbolchilarini tushirdik. Ustunlik bizning tomonga o'tdi, yakunda 2 ta to'p kiritdik. Dilshod Rahmatullaevni zaxiraga olib yoshlarni maydonga tushirdik. "Mashal" jamoasini O'zbekiston Kubogining keyingi bosqichiga chiqqani bilan hammani tabriklayman",- deydi Asror Aliqulov.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia