Asror Aliqulov jamoadan ketgani yo'q - "Mashal"

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025
Ikkinchi davraga tayyorgarlik olib borayotgan Muborakning "Mashal" jamoasida murabbiylar shtabida vaqtincha o'zgarish yuz berdi.

"Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko'ra, bosh murabbiy Asror Aliqulov jamoa bilan bo'lmayotgani aytilyapti.

Mazkur holat bo'yicha olingan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Asror Aliqulov vaqtincha tatilga chiqqan. Tatilning sababi oilaviy sharoitlar bilan bog'liq. Uning "Mashal" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va klub murabbiyga to'liq ishonch bildiradi.

Ayni paytda jamoani Otabek Narzullaev ikkinchi davraga tayyorlamoqda", – deyiladi muborakliklar xabarida.

Avvalroq Superligada navbatdagi iste'fo ro'y bergani haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати