Asror Aliqulov: "11ga 11 o'ynaganimizda, o'zimizga kerakli natijaga erishgan bo'lardik"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2023, 19:51
"So'g'diyona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Qizilqum" ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Aliqulov: "O'yinga tayyorlanish jarayonida raqibning turnir jadvalidagi o'rni, ularga g'alaba suv va havodek muhimligini tushunib, futbolchilarga ehtiyot bo'lishni uqtirdik. Qizil kartochka olgan futbolchimizning dastlabki sariq kartochkasini bermasa ham bo'lardi. Ikkinchisida futbolchining o'zi xato qildi. Yaxshi himoyalanayotgandik. Oxirigacha harakat qildik, biroq kuchimiz yetmadi.

- Bugun ko'rsatilgan ikkita qizil kartochka haqida fikringiz.

- Bazi to'qnashuvlarda "So'g'diyona" futbolchisi kechirildi, biznikilarni esa ayamadi. Qaytaraman, o'sha birinchi sariq kartochka menimcha ortiqcha edi. Keyin futbolchimiz xato qildi. O'yin oxiridagi kartochkalar - hakam qaroridan so'ng futbolchilarning hissiyotlariga ta’siri oqibati deb o'ylayman.  Bugun 11ga 11 o'ynaganimizda, o'zimizga kerakli natijaga erishgan bo'lardik.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia