

- Bizni juda ham muhim o'yin kutib turibdi. Qo'qon jamoasini kubokda mag'lubiyatga uchratgan bo'lsakda, bu ish oson kechmagan. So'nggi turlarda Qo'qonliklar o'zlaridan ijobiy taassurotlar qoldirishmoqda. Lekin bugungi o'yinda biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Chunki bizdan muxlislarimiz faqat g'alaba kutishadi. "Qo'qon-1912" va "Buxoro" jamoalarining o'xshash tomoni, har ikki jamoa ajoyib muxlislarga ega. Men Qo'qonda o'ynaganman va u yerdagi muxlislarni yaxshi bilaman va hurmat qilaman. Hozir Buxorodaman, o'z ishimga proffesional tarzda yondoshaman. O'ylaymanki bugun muxlislarbop, qiziqarli bahs bo'ladi", – deydi Asilbek Amonov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



