Asilbek Jumaev: "Sovrinni olib ketmoqchimiz"

Mirjalol Normatov
15 yanv 2026
O'zbekiston U-23 termasi futbolchisi Asilbek Jumaev jamoaning maqsadi yuqori ekanligini aytdi.

"Avvalambor, butun O'zbekiston aholisini g'alaba bilan tabriklayman. Kecha bu shaharga keldik, oldimizda 3 kun bor, havosiga o'rganyapmiz. Raqibimiz - Xitoy termasi. Oldin boshqa turnirlarda bu raqib bilan o'ynaganmiz. Murabbiylar maslahatlari, ko'rsatmalari bilan maydonga tushamiz.

Avstraliya va Xitoy termalari o'yinlari juda qiziq bo'ldi. Avstraliya ham tushib qolishi mumkin edi. Xitoy termasining o'yinini ko'rdik, shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsadimiz - final. Sovrinni olib ketmoqchimiz", - dedi Jumaev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/FAUzbekistan