Ashaddiy raqib klublar prezidentlari "El-Klassiko"dan oldin bir-biriga sovg'a berishdi (foto)

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2017, 17:51
"Real" prezidenti Florentino Peres va "Barselona" rahbari Xosep Mariya Bartomeu Xalqaro Chempionlar Kubogi turniridan o'rin olgan "El-klassiko" bahsidan avval bir-biriga sovg'a berishdi.

O'yin Mayamidagi "Xard Rok" stadionida bo'lib o'tdi va bahs 3:2 hisobida kataloniyaliklar g'alabasi bilan yakunlandi.

Peres va Bartomeu bir-biriga futbolchilarning imzosi tushirilgan futbolka sovg'a qilishdi. Kataloniya klubi prezidenti "Real"ning kumush emblemasiga ham ega bo'ldi.

Uchrashuvda NFL klubi "Mayami Dolfins" klubi egasi Stiven Ross ham ishtirok etib, u rahbarlarga shlem sovg'a qildi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com