Asensio va Sebalos ushbu yozda "Real"dan ketishi mumkin

Alisher
21 iyun 2022, 18:01
"Real" yarim himoyachilari Marko Asensio va Dani Sebalos Madrid klubidan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif olishmadi.

Ikki o'yinchi ham muntazam ravishda maydonga chiqishni xohlashmoqda, sababi ular Ispaniya safida JCH-2022ga yo'l olishmoqchi.

Qayd etish kerakki, Asensio va Sebalosning agenti o'z mijozlarining faoliyatlarini davom ettirishlari uchun variant izlashmoqda.

26 yoshli Asensio va 25 yoshli Sebalosning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca