Asensio uchun da'vogarlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
3 dek 2022, 20:33
"Real" va Ispaniya termasi futbolchisi Marko Asensio bir necha klublar qiziqishlari doirasida.

"Calciomercatoweb" xabariga ko'ra, "Real" vingeri bilan shartnoma imzolash uchun "Arsenal", "Milan", "Yuventus" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bor.

26 yoshli futbolchi bilan "qirollik klubi"ning yana ikki mavsumlik shartnomasi bor. Oldinroq futbolchi ushbu mavsumdan keyin jamoasini o'zgartirishi mumkinligini inkor qilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercatoweb