

Bugun madridliklar mashg'ulot o'tkazishdi, biroq Asensio umumiy guruhda yo'q edi.
Umumiy guruh maydonda shug'ullanganida, Asensio trenajyor zalida ishladi. Karim Benzema ham mashg'ulotda qatnashmadi. U "Levante"ga qarshi uchrashuvda (1:1) shikastlangan edi va hozir davolanishni davom ettirmoqda.
"Real" - APOEL bahsi 13 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.



