AS: "Real" "Bavariya" himoyachisi Alaba bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
17 apr 2021, 13:25
"Real" "Bavariya" himoyachisi David Alabaning yozgi transfer oynasidagi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

AS'ning xabariga ko'ra, 28 yoshli avstriyalik futbolchining transferi joriy mavsum so'nggida e'lon qilinadi. Futbolchi erkin agent maqomida Madrid klubi safini to'ldiradi.

Alaba joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

"Real" ayni damda La Ligada 30 turdan so'ng "Atletiko"dan bir ochko kam jamg'argan holda, ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS