Artyom Kulesha yangi mavsumni "Buxoro"da o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2019, 12:30
Rossiyalik legioner, himoyachi Artyom Kulesha Sankt-Peterburg futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Himoyachi Zenit, Rostov, Rubin, Dinamo (SPB), Znamya Truda (Orexovo-Zuevo), Okean (Kerch), Yunior (SPB), Kultsu (Finlyandiya) kabi jamolarida to'p tepgan.

Kulesha fevral oyida jamoada ko'rikdan o'tib bir necha nazorat uchrashuvlarida maydonga tushgan edi. Murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirgan Artyom Kulesha jamoaga taklif qilindi.

Shuningdek ertaga "Buxoro" yig'iniga yana ikki futbolchi kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bular 2017 yil jamoa safida ajoyib mavsum o'tkazgan himoyachi, ukrainalik legioner Vladimir Baenko va o'tgan ikki mavsum jamoada o'ynab kelayotgan yarim himoyachi Ergash Ismoilov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia