Arturo Vidal "Bavariya"ni "Yuventus"dan kuchli deb atadi

27 noya 2015, 23:05
Ushbu yozda Turinning "Yuventus" klubidan "Bavariya"ga ko'chib o'tgan Arturo Vidal Myunxen jamoasini kuchli ekanini ta'kidladi.


"Ayni paytda "Bavariya" "Yuventus"dan ancha kuchli. Bu yerda dunyoning eng kuchli futbolchilari jamlanishgan. Men "Bavariya"ga katta yutuqlarga erishishiga yordamlashmoqchiman. "Yuventus" ham ajoyib jamoa. Lekin bu jamoalar o'rtasida tafovut borligi rost. Turinda menga har doim yoqimli bo'lgan. Myunxenda esa o'zimni o'z uydagidek his qilaman", - dedi Arturo Vidal.

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de