Artur Gevorkyan oliy ligada 50ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2013, 20:17
2006 yil O'zbekistondagi faoliyatini boshlagan Artur Gevorkyanning oliy ligada urgan gollari soni 50taga etdi.
Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan “So'g'diyona”ga qarshi o'yinning 24-daqiqasida Gevorkyan oliy ligadagi o'zining yubiley 50-golini urishga erishdi. Hozirga qadar turkmanistonlik yarim himoyachi milliy chempionatimizda 183ta o'yin o'tkazgan va 51ta gol urgan.


2006-2009 yillarda G'uzorning “Sho'rtan” klubi sharafini himoya qilgan Artur bu klub safida 95ta o'yinda 24ta gol urgan. Oliy ligadagi dastlabki golini 2006 yil 6 avgust sanasida “Qizilqum” darvozasiga urgan.

2010 yilni “Paxtakor” safida o'tkazgan yarim himoyachi mavsum davomida 23ta o'yinda qatnashdi va 2ta gol urdi.

2011 yil Qarshining “Nasaf” klubiga ko'chib o'tgan Gevorkyan shu kunga qadar mana shu klub sharafini himoya qilib kelmoqda.  “Ajdarlar” tarkibida futbolchi oliy liga doirasida 65ta o'yin o'tkazib 25ta to'p kiritishga erishdi.

Artur Gevorkyan yubiley gollarini urgan o'yinlar:

1-gol: 2006 yil. 6 avgust. “Sho'rtan” – “Qizilqum” 3:1
10-gol: 2007 yil. 6 dekabr. “Sho'rtan” – “Andijon” 2:1
20-gol: 2009 yil. 19 iyun. “Sho'rtan” – “Buxoro” 2:4
30-gol: 2011 yil. 15 may. “Nasaf” – “Mashal” 2:0
40-gol: 2012 yil. 5 oktyabr. “Andijon” – “Nasaf” 3:4
50-gol: 2013 yil. 26 avgust. “Nasaf” – “So'g'diyona” 4:2


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia