Artur Gevorkyan: "Boydullaev bilan "Qizilqum" ancha kuchaydi"

28 iyul 2016, 04:32
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi vingeri Artur Gevorkyan "Qizilqum"ga qarshi o'yin oldidan eski qadrdoni Erkin Boydullaev bilan bo'ladigan qarama-qarshilik haqida to'xtalib o'tdi.


"Qizilqum" bir qator kuchli futbolchilar bilan o'z safini to'ldirib oldi. Erkin Boydullaev o'z o'yini bilan "Qizilqum"ni ancha kuchaytiradi. Boydullaev O'zbekistondagi istalgan jamoani kuchaytira oladigan yuqori saviyadagi futbolchi. Ayni paytda Edik ajoyib sport formasida. Bugun "Qizilqum"ga qarshi bahs juda qiziqarli kechishini taxmin qilish oson. Bizni shiddatkor futbol kutmoqda", - deydi Gevorkyan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia