Arteta Potter haqida: "Mag'lubiyatda bosh murabbiyning oila a'zolari aybdor emas"

Mirjalol Normatov
28 fev 2023, 20:51
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Chelsi"dagi hamkasbi Grem Potterga bo'layotgan bosim haqida gapirdi.

Potter qo'l ostida "Chelsi" so'nggi 11 o'yinning faqatgina bittasida g'alabaga erishdi. Jamoa muxlislari bosh murabbiyning iste'fosini so'rashmoqda.

"Biz, murabbiylar, bu bosim, talablarni to'g'ri tushunamiz. Chunki o'z ishimiz davomida bunday holatlarga ko'p duch kelamiz. Asosiy gap to'pning to'rga borib tushishida, barcha asosan shunga e'tibor beradi. Ammo shunday faktorlar borki, ularni faqatgina bir tomon nazorat qila olmaydi. Albatta, men Potterga qayg'uraman, chunki menda ham shunday holat bo'lgan.

Ishimiz davomida ko'plab qiyinchiliklar bor. Mag'lubiyat va hatto g'alabalardan keyin ham mehnat qilish kerakligi, kamchiliklar ko'rinib qoladi. Biroq bu sababli boshqa odamni qo'rqitish kerak emas. Mag'lubiyatda bosh murabbiyning oilasi, do'stlari yoki yaqinlari aybdor emas.

O'z navbatida menda ham barchasi chegaraga yetib kelgan paytlari bo'lgan. Shu sababli boshqa insonlarni ham bunday holatda ko'rish oson emas", - dedi "Arsenal" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yahoo! Sport